Finlyandiyaning Espu shahrida ko`prik qulab tushishi oqibatida 30 ga yaqin odam tan jarohati oldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Jabrlanganlar orasida maktab o`quvchilari ham bor. Yaradorlarning barchasi viloyatdagi shifoxonalarga etkazilgan. Ko`prik ostida bo`lganlar qulagan betonlar tagida qolgan. Falokat sabablari o`rganilmoqda.
Fojia munosabati bilan jabrlanganlarning yaqinlari qo`ng`iroq qilishlari va qo`shimcha ma`lumot olishlari mumkin bo`lgan maxsus axborot markazi ochildi.






