Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreyesus dunyoda maymunchechak bo`yicha favqulodda holat tugaganini e`lon qildi.
Brifing xalqaro tashkilotning Twitter sahifasida namoyish etilgan.
«Maymunchechak va COVID-19 bo`yicha favqulodda vaziyatlar tugatilgan bo`lsa-da, takroriy to`lqinlar xavfi saqlanib qolmoqda. Ikkala virus ham tarqalishda va odamlarni halok qilishda davom etmoqda», — dedi Gebreyesus.
JSST ma`lumotlariga ko`ra, maymun chechagi o`tgan yilning may oyidan boshlab turli mamlakatlarda tarqala boshlagan.
2022 yil iyul oyida JSST maymunchechak kasalligi sababli favqulodda holat e`lon qilishga qaror qildi.






