Pokiston Oliy sudi rasmiylarga sobiq bosh vazir Imron Xonni zudlik bilan ozod qilishni buyurdi, deb xabar bermoqda mahalliy Geo TV.
Ta`kidlanishicha, rais Imron Xonning al-Qodir ishi bo`yicha hibsga olinishini Oliy sud tomonidan “noqonuniy” deb topgan va rasmiylarga uni zudlik bilan ozod qilishni topshirgan.
Tergovchilarning aytishicha, u rafiqasi va partiya etakchilari bilan birga Islomobodda joylashgan Bahria Town ko`chmas mulk shirkatidan firmani himoya qilish evaziga 5 milliard rupiy va o`nlab akr er olgan, firma va partiya rahbariyati o`rtasidagi kelishuvning o`zi esa davlat budjetiga 50 milliard so`m zarar etkazgan. Chorshanba kuni Islomoboddagi mahkama Xonni sakkiz kunga hibsga oldi.
Shundan so`ng mamlakatda keng ko`lamli tartibsizliklar avj olgan. Norozilik namoyishlarida yuzlab odamlar jarohat oldi.
Namoyishchilar Imron Xonni ozod qilishni talab etishgan. Polisiya mingdan ortiq ommaviy namoyish ishtirokchilarini, jumladan sobiq bosh vazir Imron Xon boshchiligidagi “Tehrik-e-Insaf” muxolifat partiyasi etakchilari, xususan, partiya bosh kotibi Asad Umar, keyinroq partiya rahbari o`rinbosari, Pokiston sobiq tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qureyshiy hibsga olgan.