AsosiyDunyo

O`zbekistonlik migrant Sankt-Peterburgdagi elchixonaga borib o`z ayolini o`ldirganini tan oldi

'O`zbekistonlik migrant Sankt-Peterburgdagi elchixonaga borib o`z ayolini o`ldirganini tan oldi'ning rasmi

O`zbekistonning Sankt-Peterburgdagi diplomatik vakolatxonasiga o`zbekistonlik migrant kelib, xotinini o`ldirganini aytdi. Bu haqda  zamon.uz xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 2023 yilning 11 may kuni soat 10:00 larda Sankt-Peterburg shahrining Krasnoarmeyskaya ko`chasida joylashgan konsullik nazorat-o`tkazish punktiga bir yigit kelgan. U xotinini o`ldirgani va uning jasadi Murinodagi ijaraga olingan kvartirada turganini aytgan.

Polisiya Sankt-Peterburgda noqonuniy yashayotgan 22 yoshli O`zbekiston fuqarosini konsullikda qo`lga olgan. Jinoyat qidiruv bo`limi xodimlari Murino shahridagi xonadonga etib kelib, u erda 19 yoshli O`zbekiston fuqarosining jasadini aniqlagan. Taxminlarga ko`ra, u bo`g`ib o`ldirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qotillik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar