Barqaror sayohat va turizm uchun global standartlarni belgilovchi va ushbu standartlarning amalga oshirilishini ta`minlaydigan Global Barqaror Turizm Kengashi (GSTC) tomonidan tashkil etilgan Barqaror Turizm Kengashi 2023 yil 9-12 may kunlari Antaliyada bo`lib o`tdi.
Bu yil Turkiyada birinchi marta o`tkazilgan va GSTCning "imzolash marosimi" bo`lgan konferensiya O`rta Er dengizining turizm jannati sanalgan Antaliyada barqaror sayohat va turizmni rivojlantirish va targ`ib qilish bilan shug`ullanadigan barcha turizm manfaatdor tomonlarini birlashtirdi.
Konferensiyaning ochilishida so`zga chiqqan Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy GSTC ning imzolash marosimida, barqaror turizm sohasidagi eng vakolatli mutaxassislar, ma`ruzachilar va ishtirokchilarni birlashtirgan ushbu muhim anjuman ilk marotaba Turkiyada o`tkazilganidan mamnunligini bildirdi. Ersoy kengash bilan butun dunyo bo`ylab barqaror turizm bo`yicha salmoqli yutuqlarga erishilishini va shuning uchun GSTC 2023 Global Barqaror Turizm Kengashi barcha ishtirokchilar uchun qimmatli ma`lumot va fikr almashish platformasi ekanligini, shuningdek, dastur va hamkorlik shartnomasini o`z ichiga olganligini haqida ham aytib o`tdi.
Anjuman ochilishida so`zga chiqqan GSTC prezidenti Luidji Kabrini sektorning global muammolarga qarshi kurashishning o`ziga xos mashaqqatlari bilan o`rtoqlashdi va shunday dedi: “Turizmning o`sishiga tahdid soluvchi muammolar o`zgarmadi. Iqlim o`zgarishining oqibatlari tobora ko`zga tashlanmoqda, plastmassalar okeanlar va daryolarni ifloslantirmoqda, suv tanqisligi oshib bormoqda va biologik xilma-xillik pasayishda davom etmoqda. Turizm ekspluatasiyaning oldini olish, munosib mehnatni rag`batlantirish va foydalanish imkoniyatini oshirishda rivojlanishi kerak. Biz jamiyatga foydadan ko`ra ko`proq zarar keltiradi deb hisoblangan turizmga qaytmaymiz va qaytishni xohlamaymiz”. Kabrini, shuningdek, turk rahbariyatiga o`z minnatdorchiligini bildirdi va ularga mamnuniyatini izhor etdi.
GSTC barqaror turizmda jahon standartlarini belgilaydi
Global Barqaror Turizm Kengashi, dunyodagi eng yuqori ekologik va barqarorlik platformasi, GSTC mezonlari sifatida ham tanilgan sayohat va turizm sohasida barqarorlikni ta`minlash uchun yaratilgan global standartlarni tartibga soladi va boshqaradi. Mustaqil notijorat tashkilot ushbu mezonlar bilan barqaror turizm haqida umumiy tushuncha yaratishni maqsad qilgan.
GSTC shuningdek, barqaror turizmdagi kunning eng muhim masalalari muhokama qilinadigan global liderlar bilan konferensiyalar tashkil qiladi. Har yili dunyoning boshqa bir shahrida o`tkaziladigan Barqaror turizm konferensiyasi turizm manfaatdor tomonlarini fikr almashish va barqaror turizm uchun belgilangan standartlarning qo`llanilishini oshirishga qaratilgan.
Turkiya barqaror turizm sohasida dunyoga o`rnak bo`lmoqda
2022 yil boshida GSTC bilan imzolangan hamkorlik shartnomasiga ko`ra Turkiya barqaror turizmdagi yo`l xaritasini aniqlab oldi. Ushbu uch yillik protokol bilan barqaror turizm sohasida hukumat bilan shartnoma tuzgan birinchi davlat bo`lgan Turkiyaning turizm sanoatini qayta qurish maqsadida Milliy Barqaror Turizm Dasturi tashkil etildi.
Destinasiyalar va turoperatorlarni, ayniqsa turar joyni o`z ichiga olgan dastur bilan Turkiyadagi turizm sanoatida barqaror o`zgarishlar ko`zda tutilgan. Bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan dasturning birinchi bosqichi joriy yilda, ikkinchi bosqichi 2025 yilda va uchinchi bosqichi 2030 yilda yakunlanadi va barcha xalqaro standartlarga javob beradi.






