1

O`zbekiston terma jamoasi boks bo`yicha Jahon chempionatida umumjamoa hisobida 1-o`rinni egalladi

Sport 14.05.2023, 19:46
O`zbekiston terma jamoasi boks bo`yicha Jahon chempionatida umumjamoa hisobida 1-o`rinni egalladi

Bugun, 14 may kuni ikki hafta davomida Toshkent shahrida o`tkazilgan boks bo`yicha kattalar o`rtasidagi Jahon chempionati yakunlandi.

Chempionatning so`nggi kunida 4 nafar o`zbekistonlik bokschi ringga ko`tarildi. 

-54 kg vaznida Oybek Jo`raev qozog`istonlik Mahmud Sobirxonga, -71 kg vazn toifasida esa Saidjamshid Jafarov yana bir Qozog`iston vakili Aslanbek Shimbergenovga imkoniyatni boy berib, musobaqaning kumush medali sohibiga aylandi.

-57 kg vaznda Abdumalik Xalokov kubalik Saidel Xortani, -63,5 kg da esa Ruslan Abdullaev mo`gulistonlik Chinzorig Batarsuxni mag`lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylandi va oltin medalni qo`lga kiritdi. 

O`zbekiston bokschilari turnirda umumiy hisobda 5 ta oltin, 2 ta kumush hamda 2 ta bronza medaliga ega chiqib, Jahon chempionatida umumjamoa hisobida 1-o`rinni egalladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1