AsosiyDunyo

Lukashenko Belarusning Davlat ramzlari bayramiga kelmadi

'Lukashenko Belarusning Davlat ramzlari bayramiga kelmadi'ning rasmi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 14 may kuni bo`lib o`tgan Davlat ramzlari kunini nishonlash marosimiga kelmadi.

Tadbirda prezident o`rniga Bosh vazir Roman Golovchenko bayram munosabati bilan murojaatnomani o`qib eshittirgan.

Aleksandr Lukashenko oxirgi marta 9 may kuni omma oldiga chiqqandi. Dastlab u Moskvadagi G`alaba paradida qatnashgan, ammo Kremldagi norasmiy nonushtada ishtirok etmagandi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Belarus rahbari Minskdagi tadbirlar tufayli ketganini tushuntirgan.

Keyinroq Aleksandr Lukashenko Belarus poytaxtidagi G`alaba maydonidagi haykalga gul qo`yish marosimida qatnashdi, biroq tantanali nutq so`zlamadi.

Belarusning «Nasha Niva» gazetasi Lukashenko virusli kasallikka chalingani bo`lishi mumkinligi haqida yozgan. 

    Boshqa yangiliklar