Xabaringiz bor, kecha Turkiyada prezident va parlament saylovi bo`lib o`tdi. Prezident saylovida amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdog`an, muxolifat nomzodi Kamol Qilichdaro`g`li va "Ajdodlar" alyansi nomzodi Sinan Og`an qatnashdi.
Parlament saylovida esa 36 ta partiya qatnashdi. Turkiya va uning chegaralaridan tashqari ovoz berish uchun 191 884ta saylov uchastkasi tashkil qilindi.
Kecha mahalliy vaqt bilan 17:00 ga qadar davom etgan saylovning dastlabki natijalari quyidagicha:
Toshkent vaqti bilan 8.00 holatiga saylov blyuttenilarning 98,41 foizi ko`rib chiqildi. Unga ko`ra, amaldagi prezident Rajab Toyyib Erog`an 49,34%, "Muxolifat" koalisiyasi nomzodi Kamol Qilichdaro`g`li 45%, "Ajdodlar" partiyasi nomzodi Sinan Og`an 5,23 foiz ovoz to`pladi.
Ovozlar soni bo`yicha:
— Erdo`g`on — 26 576 075 ta;
— Qilichdaro`g`li — 24 238 019 ta;
— Og`an — 2 815 074 ta ovoz yig`gan.
G`oliblik uchun saylovchilarning kamida 50% ovozini yig`ish kerak, agar nomzodlarning hech biri 50 %dan ko`p ovoz to`play olmasa, 28 may kuni saylovning ikkinchi turi o`tkaziladi.






