Xonanda Enriki Iglesias bir kun oldin pnevmoniyaning og`ir darajasi tufayli uzoq ta`tilga chiqdi. Boz ustiga, Enrike Meksikadagi festivalda chiqish qilishi kerak edi, biroq u o`z chiqishlarini boshlanishiga bir necha soat qolganida bekor qilishga majbur bo`ldi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
“Mening bugungi Meksikadagi namoyishim bekor qilinishi kerak edi. Menga pnevmoniya tashxisi qo`yildi, shifokorlar to`liq dam olishni talab qilishdi, menga parvoz qilish taqiqlandi. Men uchun juda katta ahamiyatga ega bo`lgan mamlakatda namoyishlarimni bekor qilganimdan juda afsusdaman”, — dedi xonanda.






