Bugun kunduz kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba`zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.Harorat 28-33° bo`ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-31° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo`ladi.
16.05.2023 08:12
Bugun qator hududlarda yomg`ir yog`adi






