AsosiyJamiyat

Toshkentda IIO xodimlari bilan janjallashgan erkak qamaldi (video)

'Toshkentda IIO xodimlari bilan janjallashgan erkak qamaldi (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda erkak kishi va IIO xodimlari ishtirokida janjal yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 14 may kuni taxminan soat 18:00 larda Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan Shayxontohur tumanidagi jarima maydonchalaridan biriga 1986 yilda tug`ilgan I.D. tomonidan hech qanday hujjatlarsiz boshqarib yurilgan TOYOTA rusumli transport vositasi ma`muriy bayonnoma asosida olib kelingan. Biroq hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida I.D. jamoat tartibini buzib, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga nisbatan qarshilik ko`rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan fuqaro I.D.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o`z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko`rsatish) bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudi tomonidan unga nisbatan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar