AsosiyJamiyat

Buxoroda "Cobalt" oynasini sindirib, hujjatlarni o`g`irlagan shaxs qo`lga olindi

'Buxoroda "Cobalt" oynasini sindirib, hujjatlarni o`g`irlagan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, 2023 yil 3 may kuni soat taxminan 6:00 larda noma`lum shaxs qasddan jinoyat sodir qilish yo`liga o`tib, Buxoro shahar «I.Mo`minov» ko`chasidagi uy oldida qarovsiz holatda qoldirilgan “Kobalt” rusumli avtomashinaning old yo`lovchi tomon oynasini g`isht bo`lagi bilan sindirib, avtomashina salonidan haydovchiga tegishli fuqarolik pasporti va haydovchilik guvohnomasi, avtomashinani qayd qilish guvohnomasini o`g`irlab, voqea joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan noma`lum shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 1-qismi va 227-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, olib borilgan tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, R.B. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar