AsosiyJamiyat

O`zbekiston Qirg`iziston bilan transchegaraviy favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda hamkorlik qiladi

'O`zbekiston Qirg`iziston bilan transchegaraviy favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda hamkorlik qiladi'ning rasmi

O`zbekiston va Qirg`iziston Favqulodda vaziyatlar vazirlari ikki davlat qutqaruv idoralari o`rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan navbatdagi hujjatni imzoladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Ma`lum qilinishicha, shu yilning 14 may kuni Qirg`iz Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Boobek Ajikeev O`zbekistonga kelgan. U o`zbekistonlik hamkasbi general-mayor Abdulla Qo`ldoshev bilan uchrashgan. 

Norasmiy muloqotdan so`ng ikki davlat qutqaruv idoralari rahbarlari transchegaraviy favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda hamkorlik qilish bo`yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlagan.

Ta`kidlanishicha, mazkur hujjat 9 banddan iborat bo`lib, undan qo`shma mashg`ulotlar, seminarlar, axborot almashish tizimini takomillashtirish va bu boradagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar joy olgan.

    Boshqa yangiliklar