AsosiyJamiyat

Toshkentda 15 ming dollar evaziga Kanadaga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar qo`lga tushdi

'Toshkentda 15 ming dollar evaziga Kanadaga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.M. fuqaro D.Q.ni tanishlari yordamida 15 000 AQSh dollari evaziga Kanada davlatiga ishga yuborishi va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 7 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar