AsosiyJinoyat

"Hello Tashkent, salam Tashkent" telegram-kanali adminlari qo`lga olindi (video)

'"Hello Tashkent, salam Tashkent" telegram-kanali adminlari qo`lga olindi (video)'ning rasmi

IIV kiberxavfsizlik markazi tomonidan telegramda "Hello Tashkent, salam Tashkent" nomli guruh va kanallarni tashkil etib, tarmoq foydalanuvchilarining sha`ni va qadr-qimmatini kamsituvchi video va fotolarni joylashtirib kelgan jinoiy guruh qo`lga olindi. 

Aniqlanishicha, mazkur guruh tashkilotchilari Telegram'dagi ochiq guruhlarga qizlar va ayollarni foto va videolarini joylab, qiziquvchilarni vibchatga taklif qilishgan. Vibchatga a`zo bo`lish esa 100 ming so`mdan 500 ming so`mgacha etib belgilangan. Ular qiz va ayollarning foto va videolarini o`chirib yuborish evaziga tovlamachilik yo`li bilan pul talab qilishgan.

Tezkor-qidiruv ishlari natijasida ushbu faoliyat bilan shug`ullanib kelgan shaxslar qo`lga olindi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda mazkur jinoiy guruhga aloqador bo`lgan boshqa shaxslarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.

"Hello Tashkent, salam Tashkent guruhlaridan jabrlangan fuqarolar "102" yoki +99899 117 60 87 raqamiga xabar berishlarini so`raymiz. Ma`lumot bergan fuqarolarning shaxsi sir saqlanadi", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar