Bugun kunduz kuni ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Ayrim joylarda do`l yog`ishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba`zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 17-22° bo`ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, kechga tomon kuchli bo`lishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-22° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, ayrim joylarda do`l yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Baland tog`li (2000 m dan baland) hududlarda yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo`ladi.
17.05.2023 08:08
Bugun yomg`irli ob-havo bo`lishi prognoz qilindi






