Bugungi kunda yurtimizda aholining soni va uning o`sish sur`atlari uzluksiz ravishda ortmoqda.
Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma`lumotiga ko`ra, poytaxtimizda doimiy aholi soni 2023 yil 1 aprel holatiga ko`ra, 2 million 978 ming 200 kishini tashkil etmoqda.
Shundan erkaklar soni 1 million 460 ming 800 kishini, ayollar soni 1 million 517 ming 400 kishini tashkil etdi.
Shahar hududlari kesimida tahlillar shuni ko`rsatadiki, 2023 yil 1 aprel holatiga ko`ra, eng ko`p aholi soni: Olmazor tumanida bo`lib, 397,1 ming kishini tashkil etadi Shuningdek, Yunusobod tumanidagi aholi 369,5 ming kishi.
Eng kam aholi soni Yakkasaroy tumanida – 128,6 kishi va Bektemir tumanida – 56,8 ming kishini tashkil etgan.






