AsosiyJamiyat

Misrdan Toshkentga uchishi kerak bo`lgan samolyot 10 soatdan ortiq kechiktirildi

'Misrdan Toshkentga uchishi kerak bo`lgan samolyot 10 soatdan ortiq kechiktirildi'ning rasmi

Air Cairo aviakompaniyasining Sharm-ash-Shayx — Toshkent yo`nalishi bo`yicha SM771 reysi Misr aeroportida 10 soatdan ortiq kechiktirildi. 200 dan ortiq yo`lovchi O`zbekiston poytaxtiga jo`nab ketishni kutmoqda. Bu haqda Uzbekistan Airports Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, kechiktirilishga Sharm-ash-Shayxdagi noqulay ob-havo sharoiti, shuningdek, ekipaj ish vaqti tugagani sabab bo`lgan.

Sharm ash-Shayxdan Toshkentga uchadigan samolyot Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da uchishi rejalashtirilgan. Toshkentga etib kelish 19:30 ga belgilangan.

Uzoq kechikish munosabati bilan SM772 (Toshkent — Sharm ash-Shayx) reysining parvozlar jadvali o`zgartirildi. Toshkentdan jo`nab ketish 2023 yil 17 may soat 20:30, Sharm-ash-Shayxga etib kelish 2023 yil 18 may, Toshkent vaqti bilan soat 01:55 ga belgilangan.

"Toshkent xalqaro aeroportidan uchayotgan yo`lovchilarga reysning kechiktirilgani haqida xabar berildi va ularga o`z uylariga qaytish yoki terminalda parvozni kutish taklif qilindi. Parvoz jadvalini o`zgartirish to`g`risidagi batafsil ma`lumotlar aviatashuvchidan olinishi mumkin", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar