AsosiyJamiyat

Namanganda haydovchi YPX xodimlari bilan tortishib, mashinasining tagiga kirib oldi (video)

'Namanganda haydovchi YPX xodimlari bilan tortishib, mashinasining tagiga kirib oldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi avtomobil tagiga kirib olganligi aks etgan video tarqalgan edi.

Video  YPX xodimlari fuqaroga kuch ishlatayotgandek talqin qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Joriy yilning 14 may kuni soat 18.30 atrofida Namangan shahar Islom Karimov ko`chasidan harakatlanib ketayotgan Nexia rusumli transport vositasi yo`lni kesib o`tayotgan piyodalarga yo`l bermay harakatlangan. Hatto YPX inspektorining qonuniy to`xtash ishorasiga ham bo`ysunmay yana harakatni davom ettirgan.

Shundan so`ng, transport vositasiga majburiy to`xtatish chorasi qo`llanilgan. Natijada haydovchiga nisbatan ushbu holat bo`yicha ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

Haydovchi esa javobgarlikdan qochish hamda YPX va PPX xodimlariga nisbatan omma oldida salbiy fikrlar uyg`otish maqsadida yo`l bo`yida turgan Nexia rusumli transport vositasining tagiga yotib olgan. So`ngra inspektorlarni tasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.

Qayd etilishicha, xodimlar tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlaridan so`ng haydovchi sog`-salomat avtomashina tagidan chiqarib olingan.

    Boshqa yangiliklar