10 may kuni soat 18.10da Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan "Umakay" muntazam YPX maskanida "Qarshi—Toshkent" yo`nalishida harakatlanib kelgan Cobalt rusumli avtomashina to`xtatilgan. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avtomashina saloni va yukxonasi ko`zdan kechirilganda, tegishli veterinariya hujjatlarisiz, kelib chiqishi noma`lum bo`lgan go`sht mahsulotlari borligi aniqlangan.
Surishtiruv davomida fuqaro X.I. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinada 929 kg og`irlikdagi go`sht borligi ma`lum bo`lib, hujjatlashtirib olingan.
Ta`kidlanishicha, go`shtlar Qashqadaryo viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining laboratoriyasiga olib kelinib, tekshiruvdan o`tkazilgan. Oqibatda iste`molga yaroqsizligi aniqlanib, tegishli tartibda yo`q qilingan.






