AsosiyJamiyat

Quyosh panellarini o`tkazish uchun o`tkazilgan 2 trln so`mlik tanlov bekor qilindi

'Quyosh panellarini o`tkazish uchun o`tkazilgan 2 trln so`mlik tanlov bekor qilindi'ning rasmi

Joriy yil mart oyida "Yashil Energiya" MChJ ijtimoiy soha ob`ektlari va davlat idoralarida quyosh panellarini o`rnatish uchun qariyb 2 trln so`mlik tanlov o`tkazgan.

Unga ko`ra:

Loyihaning umumiy quvvati 219,4 MVt bo`lib quyidagi 6 ta lotga bo`lingan:

—Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrining Olmazor tumani – 36,1 MVt;

—Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari – 33,8 MVt;

—Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumani – 41,55 MVt;

—Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari – 33,3 MVt;

—Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrining Chilonzor tumani – 34,1 MVt;

—Toshkent shahri (Chilonzor, Mirzo Ulug`bek va Olmazor tumanlaridan tashqari) – 40,55 MVt.

quyosh elektr stansiyalarini o`rnatish uchun o`tkazilgan mazkur tanlov natijalari bekor qilingan. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmatining ma`lum qildi.

Ushbu tanlovda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o`rnatish bo`yicha 18 ta kompaniya ishtirok etgan va mazkur loyiha aholi va davlat manfaatlarini to`liq himoya qilishini inobatga olgan holda amalga oshirilishi ko`zda tutilgan.

Qayd etilishicha, tanlov natijalari bo`yicha yutgan kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalar mazkur kompaniyalar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganligi sababli bekor qilingan.

Hozirgi kunda ajratilgan mablag`larni inobatga olib, umumiy quvvati 2,5 MVtga teng bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo`yicha yangi tanlov e`lon qilingan.

Keyingi bosqichda ushbu yo`nalishdagi loyihalarning asosiy qismini moliyalashtirish xalqaro moliya institutlari mablag`lari hisobidan amalga oshirilishi ko`zda tutilgan bo`lib, hozirda bu yo`nalishda muzokaralar olib borilmoqda. Bu esa loyihalarning narxini pasaytirish va ularning sifatli amalga oshirilishida muhim ahamiyatga ega,- deyiladi xabarda

    Boshqa yangiliklar