Xitoy rahbari Si Szinpin va Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev o`zaro viza tizimini bekor qilish bo`yicha bitimni imzoladi. Bu haqda Qozog`iston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, xabarda keltirilishicha Qosim-Jo`mart To`qaevning Xitoyga davlat tashrifi chog`ida tomonlar 20 dan ortiq hujjat imzolashga muvaffaq bo`lgan.






