AsosiyJamiyat

Andijonda YPX xodimi Spark bilan to`qnashib YTH sodir etdi (video)

'Andijonda YPX xodimi Spark bilan to`qnashib  YTH sodir etdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "IIBga qarashli mashina avariya keltirib chiqardi" sarlavhasi bilan tarqalgan videolavha tarqaldi.

Holat yuzasidan viloyat  IIB rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat 14 may kuni soat 17:08 larda, Andijon tumanida sodir bo`lgan.

Aniqlanishicha, viloyat IIB JXX YHXB 6-safarbarlik guruhi inspektori safdor A.Sh. xizmat vaqtida oxirgi zarurat tufayli ko`k va qizil rangli mayoqchalarini yoqqan holatda yo`lni qatnov qismidan orqaga qayrilib olish harakatini amalga oshirmoqchi bo`lgan. Ammo shu vaqtda yo`lning qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan 1997 yilda tug`ilgan E.A. boshqaruvidagi Spark avtomobili bilan to`qnashib, yo`l transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda har ikki transport vositasi texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo`q.

Hozirda ushbu yo`l transport hodisasi bo`yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan, xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, qo`shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar