AsosiyJamiyat

“Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston” temir yo`li qurilishi loyihasi bo`yicha uch tomonlama hujjat imzolandi 

'“Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston” temir yo`li qurilishi loyihasi bo`yicha uch tomonlama hujjat imzolandi 'ning rasmi

Bugun, 18 may kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida Xitoy Xalq Respublikasining taraqqiyot va islohotlar Davlat qo`mitasi, Qirg`iziston Respublikasi transport va kommunikasiyalar vazirligi, O`zbekiston Respublikasi transport vazirligi o`rtasida “Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston” temir yo`li qurilishi loyihasi bo`yicha keyingi bosqichlarni nazarda tutuvchi uch tomonlama hujjat imzolandi.  Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugungi kunga kelib, ushbu loyiha bo`yicha tomonlar “Xitoy-Qirg`iziston-O`zbekiston” temir yo`li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy asoslarini uch tomonlama qo`shma baholash ishlarini amalga oshirdilar, keyinchalik esa ekspertiza o`tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur hujjat ushbu loyihani amalga oshirishning keyingi bosqichlarini belgilab, qurilish loyihasini ishlab chiqish, investisiyalar va moliyalashtirish modelini o`rganish va aniqlashni o`z ichiga oladi.  

Ushbu loyihaning amalga oshirilishi Sharqiy Osiyodan yaqin Sharq va Janubiy Evropa mamlakatlariga bo`lgan yo`lni taxminan 900 km, yuk etkazib berish muddatlari esa 7-8 sutkaga kamaytiradi. Dastlabki prognozlarga ko`ra,  yuk tashish hajmi yiliga 12-15 million tonnani tashkil etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar