AsosiyJamiyat

Surxondaryoda TTYo shifokorlari elektroskuterlardan foydalanishni boshladi

'Surxondaryoda TTYo shifokorlari elektroskuterlardan foydalanishni boshladi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida tez yordam shifokorlari sinov tariqasida elektroskuterlardan foydalanishni boshlagan. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining xabar berdi.

Qayd etilishicha, respublika tez tibbiy yordam markazi Surxondaryo viloyati filialiga bir kunda o`rtacha 3000 dan ziyod chaqiriq kelib tushadi. Murojaatlarning aksariyati 17:00 dan tungi 01:00 ga qadar bo`lgan vaqt oralig`iga to`ri keladi.

"Bunday tig`iz paytda bemorlarga o`z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko`rsatish muhim ahamiyatga ega. Shu bois viloyat "Tez yordam" xizmatida bu masalaga innovasion echim sifatida elektroskuterlardan foydalanish yo`lga qo`yildi.

Elektroskuterlar zamonaviy tez yordam mashinalari kabi qulayliklarga ega bo`lmasa-da, tirbandliklar va harakatlanish qiyin bo`lgan joylarda oson yura oladigan transport vositasi sanaladi.

Bu esa shifokorlarning belgilangan manzilga kechikmay etib borishi va og`ir bo`lmagan bemorlarga o`z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko`rsatishiga xizmat qiladi",- deyiladi xabarda.

Shifokorlarga berilgan elektroskuterlarda maxsus chemodan bo`lib, ular kerakli, asosiy tibbiy apparatlar va bir martalik ishlatiladigan tibbiy apparatlar tez tibbiy yordam uchun zarur bo`lgan dori vositalari bilan ta`minlangan.

Skuterdagi tez tibbiy yordam feldsheri qo`shimcha jarohatlar yoki hayot uchun xavf tug`diruvchi holatlarda Call-markaz bilan bog`lanib, ularga bemor haqida ma`lumot berib, vrachlik brigadasini yordamga chaqiradi. TTYo sanitar-avtotransport vositalarida vrachlik brigadasi etib kelgunga qadar, feldsherlar bemorga sifatli va tez yodam ko`rsatadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar