AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda yana bir fuqaro attraksiondan yiqilib jabrlandi (video)

'Qashqadaryoda yana bir fuqaro attraksiondan yiqilib jabrlandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi bog`larning birida attraksionda uchayotgan fuqaro undan yiqilib tushgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan Qashqaradyo viloyat IIB Axborot xizmati izoh berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning yil 8 may kuni soat taxminan 19:30 atrofida chamasida Nishon tumani "Nurchi" MFYda yashovchi fuqaro U.N. o`rtoqlari bilan Nuriston shaharchasidagi istirohat bog`iga borib, "Drakon" attraksionida uchayotgan vaqtda ro`parasidagi o`rindiqqa o`tish uchun joyidan turib, ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib tushgan.

Natijada U.N.ning o`ng qo`li sinib, Nishon tuman markaziy shifoxonasiga murojaat etgan. Jabrlanuvchi shifoxonada davo muolajalari olib, uyiga chiqib ketgan.

Hozirda holat yuzasidan Nishon tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar