AsosiyJamiyat

Taniqli aktyor va rejissyor Rustam Urazaev Moskvada vafot etdi

'Taniqli aktyor va rejissyor Rustam Urazaev Moskvada vafot etdi'ning rasmi

Taniqli aktyor va rejissyor Rustam Urazaev 65 yoshida Moskvada vafot etdi.

Rustam Urazaev 1958 yil 21 yanvarda Toshkent shahrida tug`ilgan. Maktabni tamomlaganidan so`ng dastlab rassomchilik bilim yurtida, so`ngra Toshkent davlat universitetining tarix fakultetida tahsil oladi.

Urazaev kino sana`tiga 1974 yilda kirib kelgan. U sobiq ittifoq tarkibida bo`lgan turli mamlakatlar kinostudiyalarida suratga tushgan. O`zbekiston televideniesida ko`ngilochar dasturlar boshlovchisi sifatida faoliyat olib borgan. U o`zbek "Alen Delon"i degan nom olgandi.

Rustam Urazaev G`arb kinosida suratga tushgan juda kam sonli o`zbekistonlik aktyorlardan biridir. Aktyor Fransiya-Ispaniya kinoijodkorlari hamkorligida suratga olingan "Ma`rifat" filmida bosh rollardan birini ijro etgandi.

    Boshqa yangiliklar