AsosiyJamiyat

Toshkentda qalbaki 100 ming dollarni 70 mingga sotayotgan 4 nafar shaxs qo`lga olindi (video)

'Toshkentda qalbaki 100 ming dollarni 70 mingga sotayotgan 4 nafar shaxs qo`lga olindi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizligi xizmatining darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, DXXning Toshkent shahar bo`yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida poytaxtning Sergeli tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi soxta AQSh dollari savdosi oldi olindi.

Xabarda aytilishicha, 4 nafar fuqaro 100 ming qalbaki AQSh dollarini 70 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, ulardan birining yashash xonadonidan ham 10 950 qalbaki AQSh dollari rasmiylashtirib olindi.

Yuqoridagi holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan JKning 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar