O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston hududining katta qismida havo harorati +25...+30 daraja, janubiy hududlarda +35 daraja atrofida bo`lgan quruq va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda.
Faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarining ba`zi joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning ayrim joylarida do`l yog`ishi mumkin.
20 may kuni faqat Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, tog` oldi va tog`li hududlarning ba`zi joylarida yomg`ir kuchli yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning ba`zi joylarida shamol tezligi soatiga 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatiladi.
21 may kuni O`zbekistonda havo ochiq va quyoshli bo`ladi. Kunduzgi havo harorati ko`tariladi va +31...+33 darajani, janubda va cho`l hududlarida +35...+38 darajani tashkil etadi.
19-20 mayda respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Poytaxtda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +25...+27 daraja bo`ladi.
Shanba kuni qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+17 daraja, kunduzi +27...+29 daraja bo`ladi.
Yakshanba kuni yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +16...+18 daraja, kunduzi +28...+30 daraja bo`ladi.






