AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Xitoyda Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki prezidentini qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Xitoyda Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki prezidentini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoyga davlat tashrifining ikkinchi kuni tadbirlari doirasida Sian shahrida Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki prezidenti Szin Lisyunni qabul qildi.

O`zbekiston bilan ushbu nufuzli xalqaro moliya instituti o`rtasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko`rib chiqildi.

Keyingi yillarda bank bilan munosabatlar jadal sur`atda rivojlanayotgani – investisiyaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar portfeli 2 milliard dollardan oshgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda kambag`allikka qarshi kurashish va aholi turmush darajasini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, transport infratuzilmasini modernizasiya qilish, xususiy sektorni rivojlantirish borasidagi dasturlarni qo`llab-quvvatlash va ilgari surish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Yangi Sheriklik dasturini tez fursatda qabul qilish va yirik qo`shma tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish muhimligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar