AsosiyJamiyat

Temiryo`l ustiga qurilgan devor bo`yicha raddiya e`lon qilindi

'Temiryo`l ustiga qurilgan devor bo`yicha raddiya e`lon qilindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Kadastr shunday o`lchabdi... " mazmunidagi sharh bilan tarqalgan fotoda temir yo`l ustiga qurilgan devor aks etgan. 

Kadastr agentligi ushbu xabarlarga raddiya e`lon qildi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan foto va unga berilgan "Kadastr shunday o`lchabdi... " mazmunidagi sharh albatta hazil tariqasida joylangani tushunarli. Ammo, bir necha ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilarida savollar  tug`ilayotgani sababli quyidagilarni ma`lum qilamiz:

Ayni kungacha, ushbu fotosuratdagi holat yuzasidan  kadastr idoralariga murojaat kelib tushmagan va Kadastr agentligining er va kadastr nazorati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan nazorat tadbirlarida bu kabi qurilma aniqlanmagan.  

Ushbu fotosuratdagi holat respublikamizda joylashgani to`g`risida xech qanday aniq ma`lumotlar mavjud emas.  

Shuni ham alohida qayt etish muhimki, ko`chmas mulk ob`ektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonida qurilish uchun tayyorlangan va tegishli idoralar bilan kelishilgan loyihalar asosida qurilmagan ob`ektlarga kadastr xujjatlari rasmiylashtirilmaydi", - deyiladi raddiyada.

    Boshqa yangiliklar