Joriy yilning 26 aprel kuni Qarshi shahrida yashovchi fuqaro X.B. tanish ayolning uyiga borganda u erda tanishi O.T. (sobiq MIB xodimi)ni ko`rib janjallashib ketadi va oshxonadan pichoq olib kelib, ularga turli darajadagi tan jarohatlari etkazadi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, jablanuvchilar shifoxonaga tushgan. Shuningdek, X.B. yuqoridagi ayol bilan qonuniy nikohdan o`tmagan holda uni doimiy ravishda jismoniy va ruhiy taz`yiq o`tkazib, qiynab kelganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan 1 may kuni fuqaro X.B.ga nisbatan JKning 109, 110 va 112-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda, deyiladi berilgan ma`lumotda.






