AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi barcha YPX xodimlarini onasidan so`kkan xorazmlik erkakning shaxsi aniqlandi (video)

'O`zbekistondagi barcha YPX xodimlarini onasidan so`kkan xorazmlik erkakning shaxsi aniqlandi (video)'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda navoiylik bir erkak O`zbekistondagi barcha YPX xodimlarining onasidan so`kib, haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi. Holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab bo`ldi.

Xorazm viloyati IIB Matbuot xizmatining xabar qilishicha, IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

“Yurtdoshlarimizning haqli e`tiroziga sabab bo`lgan ushbu shaxsning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, erkakning haqoratlagan videosi tarqalganidan so`ng, bir ozdan keyin uning uzr so`ragani aks etgan video ham tarqaldi. Xorazm viloyati IIB Matbuot xizmati mazkur video erkakning o`zi tomonidan olingani, ya`ni IIB binosiga olib kelinganidan keyin olinmaganini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar