AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida “Iloq” xalqaro etnofestivali o`tkazildi

'Toshkent viloyatida “Iloq” xalqaro etnofestivali o`tkazildi'ning rasmi

Ko`hna Ohangaronning O`rg`ozsoy kengliklarida an`anaviy “Iloq” xalqaro etnofestivali bo`lib o`tdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Darakchi.uz’ga ma`lum qildi.

Bu bebaho tarixni xalqimizga, bugunning yoshlariga etkazishda an`anaviy "Iloq" etnografik festivalining o`rni va ahamiyati beqiyos. Festival viloyat hokimligi, viloyat madaniyat va turizm boshqarmasi, Ohangaron tumani hokimligi, Xalqaro “Oltin meros“ xayriya jamoat fondining g`oyasi bilan yana o`tkazildi.

Mazkur festival qadimgi Iloq davlatining tarixiy urf-odatlari, odamlarning yashash tarzi, madaniyatidan darak berib, unda folklor ansambllar, dorbozlarning chiqishlari, teatr ustalarining badiiy mahoratlari namoyish etiladi. Konsert dasturlari, qolaversa, gastro, etno, sport turizmi imkoniyatlaridan festival mehmonlari bahramand bo`ldilar.

    Boshqa yangiliklar