Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida tarbiyalanuvchilarni hojatxonaga qo`ymasdan, ularga tarbiyachi tomonidan psixologik bosim o`tkazilayotgani haqida xabar tarqaldi.
Holat yuzasidan viloyat maktabgacha ta`lim boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Voqea joriy yilning 4 may kuni Samarqand shahridagi 38-davlat maktabgacha ta`lim muassasasida sodir bo`lgan. DMMTning 2-katta guruhi tarbiyachisi M.Ya. mashg`ulot paytida hojatxonaga borishni so`ragan bolaga qo`pol muomalada bo`lgan.
Ushbu holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi mutasaddilari psixolog ishtirokida tarbiyachi bilan suhbat o`tkazib, pedagogning odob-axloq qoidalari tushuntirilgan va qat`iy ogohlantirilgan
38-davlat maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi M.Ya.ga tashkilot ichki tartib qoidalariga amal qilmaganligi hamda ish jarayonida kamchiliklarga yo`l qo`yganligi uchun Mehnat kodeksining tegishli bandlariga ko`ra intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.






