Qashqadaryo viloyatining Ko`kdala tumanida avtomashinasida kelib chiqishi noma`lum go`sht mahsulotlarini olib ketayotgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Joriy yilning 11 may kuni Ko`kdala tumani «Umakay» muntazam YPX maskanida Qarshi — Toshkent yo`nalishida harakatlanib kelgan Lacetti rusumli avtomashina to`xtatib tekshirilgan. Tekshiruv davomida avtomashina salonidan va yukxonasidan kelib chiqishi noma`lum bo`lgan go`sht mahsulotlari aniqlangan.
Shundan so`ng Ko`kdala tumanida yashovchi E Sh.ning boshqaruvidagi avtomashinadan 118 kg go`sht hujjatlashtirib olingan.
Go`sht mahsulotlarining sifatini aniqlash maqsadida Qashqadaryo viloyat hayvonlar kasalliklar tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazining laboratoriyasiga olib kelinib, tekshiruvidan o`tkazilganda iste`molga yaroqsizligi aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan fuqaroga ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, go`sht mahsulotlari yo`q qilindi”, — deyiladi xabarda.






