Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 17 may kuni qurilish firmasi vakillari va shu hududda yashovchi aholi o`rtasida mojaro chiqdi. Holat yuzasidan shahar IIBB ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu hududda qurilish bo`lishiga norozilik bildirgan fuqarolarga qarshi 1991 yilda tug`ilgan F.J., 1992 yilda tug`ilgan S.X., 1993 yilda tug`ilgan X.N.lar baqir-chaqir qilib, jamoat tartibini buzishgan.
Mazkur holat yuzasidan F.J, S.X., X.N.larga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`grisidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Jinoyat ishlari bo`yicha Yunusobod tumani sudi tomonidan ularga nisbatan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan






