AsosiyJamiyat

Andijonda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Andijonda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Andijonda 3 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Bugun, 21 may kuni soat 06:00 larda Qo`rg`ontepa tumani “Qo`tqar” mahallasi hududida 3 ta avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi yuz bergan. Ya`ni, “Jiguli 0111”, Spark xamda Niva avtomashinalari haydovchilari tezlik meyorlariga va oraliq masofani saqlash qoidalariga amal qilmasdan boshqaruvni yo`qotib, to`qnashuv sodir etgan. 

Ushbu hodisa oqibatida avtomashinalar texnik shikastlangan, tan jaroxati olganlar yo`q.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar