Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida avtobus yonayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat bo`yicha FVV ma`lumot berdi.
Holat bugun, 21 may kuni soat 16:40 da Yashnobod tumani Maxtumquli ko`chasi Ashxobod bog`i oldidagi bekatda yuz bergan. 96-sonli avtobus yo`nalishida harakatlangan Mercedes-Benz rusumli avtobusda yong`in chiqqan. 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 16:45 da hodisa joyiga etib borib, yong`in soat 16:50 da o`chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q. Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






