UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellari liniyasini rivojlantirishning ikkinchi bosqichi doirasida yuqorida nomlari keltirilgan avtomobillarning kengaytirilgan komplektasiyalar qatori uchun 25 may sanasidan boshlab shartnomalar tuzishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Chevrolet Tracker va Onix ning avvalgi komplektasiyalariga qo`shimcha yangi Premier Plus va Redline modifikasiyalari uchun shartnoma tuzish mumkin. Shu bilan birga, shartnoma uchun ochiq bo`lgan avvalgi komplektasiyalarning narxi o`zgarishsiz qoladi.
2023 yilning sentyabrida Premier Plus va Redline komplektasiyalarini ishlab chiqarishga start berish rejalashtirilgan.
Quyida keltirilgan modellar uchun kontraktasiya shartnomasini tuzish mumkin:
Chevrolet Tracker
LS
LS Plus
LTZ
LTZ Plus
Premier
Premier Plus
Redline
Chevrolet Onix
Premier 1
Premier 2
Premier 2 Plus
Redline






