BMT Xavfsizlik Kengashi va Bretton-Vuds tizimi institutlarini isloh qilish vaqti keldi. Bu haqda bosh kotib Antoniu Guterrish Xirosimada o`tkazilgan G7 sammiti yakuniga bag`ishlangan matbuot anjumanida aytgan.
"Global moliyaviy arxitektura eskirgan, ishlamay qolgan va adolasiz bo`lib qoldi", degan u.
Guterrishning ta`kidlashicha, COVID-19 va Ukraina inqirozi bilan bog`liq vaziyatda tizim "global xavfsizlik tarmog`i vazifasini" bajara olmadi. Uning qo`shimcha qilishicha, BMT Xavfsizlik Kengashi va Bretton-Vuds tizimi institutlari “bugungi dunyo haqiqatlariga” moslashtirilishi kerak.
Aprel oyi oxirida BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida irod qilgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xavfsizlik kengashi islohotini, unda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlarining ishtirokini kengaytirish orqali tezlashtirishga chaqirgan. Uning ta`kidlashicha, "Unda G`arb juda kuchli vakillik qilmoqda", bu "ko`p tomonlamalik tamoyiliga putur etkazadi".
Keyin Guterrish BMT Xavfsizlik Kengashiga a`zo mamlakatlarning aksariyati "hozirgi geosiyosiy voqelikni aks ettiruvchi islohotlar tashkilotga foyda keltirishini" tan olishini aytgan. Bretton-Vuds institutlari bilan bog`liq vaziyatni sharhlar ekan, BMT Bosh kotibi ular ham “zamonaviy jahon iqtisodiyoti voqeliklarini aks ettirmasligini” qo`shimcha qilgan.






