AsosiyJamiyat

Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo`yicha kurslarda o`qitiladi

'Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo`yicha kurslarda o`qitiladi'ning rasmi

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun  mas`ul xodimlari malakasini oshirish va reyting baholashni  tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. 
Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga ma`sul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.
- Mazkur xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi mas`ul hisoblanadi.
- Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam bo`lmasligi lozim, kursni ta`momlagan xodimlar ikki oyda reyting baholashdan o`tkaziladi.
Malaka oshirish bilan bog`liq barcha xarajatlar ularni yuborgan davlat organlarining mablag`lari hisobidan qoplanadi.
- 2023 yil 1 avgustdan davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo`yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o`qitiladi.
 

    Boshqa yangiliklar