AsosiyDunyo

Qirg`iziston O`zbekiston chegarasida fuqarolardan pul talab qilgan chegarachilar qo`lga tushdi (video)

'Qirg`iziston O`zbekiston chegarasida fuqarolardan pul talab qilgan chegarachilar qo`lga tushdi (video)'ning rasmi

Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi maxsus bo`linmalari tomonidan O`zbekiston bilan chegara hududida to`rt nafar harbiy qo`lga olindi. 

Bu haqda Qirg`iziston Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, "Kaytpas" va "O`tukchu" nazorat-o`tkazish punktlari xodimlari tomonidan nazorat-o`tkazish punktlari orqali o`tayotgan fuqarolardan tizimli ravishda qirg`iz pulida 50 dan 1 ming somgacha (6,5 – 131 ming so`m) pul undirilgan. Bu pul evaziga chegarachilar qirg`iz-o`zbek davlat chegarasi uchastkasidan fuqarolarning xavfsiz o`tishini ta`minlagan.

Qirg`iziston MXX matbuot xizmati xabar berishicha, Qirg`iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 337-moddasi «Xizmat vakolatini suiiste`mol qilish» bo`yicha qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida tintuv o`tkazilgan. Tintuv davomida harbiy xizmatchilar oldindan pora olgani ma`lum bo`lgan.

4 nafar harbiy xizmatchisi qo`lga olinib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar