"Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi" doirasidagi "TaxinTashkent 2023" musobaqasi o`z nihoyasiga etdi.
MDH mamlakatlarining Oliy ta`lim muassasalari o`rtasida o`tkazilishi an`anaga aylanib borayotgan ushbu tanlovning navbatdagisi Fiskal institutda o`tkazildi.
Qizg`in bahs va munozaralarga boy tarzda o`tgan tanlovda MDH davlatlarining 17 ta nufuzli oliy ta`lim muassasalaridan yig`ilgan talaba-yoshlar o`zlarining soliq sohasidagi bilim va ko`nikmalarini namoyish etdilar.
Tanlov yakuniga ko`ra:
1-o`rinni Toshkent davlat yuridik universiteti;
2-o`rinni Tojikiston davlat moliya-iqtisodiyot universiteti va Sibir Federal universiteti;
3-o`rinni Fiskal institut hamda Patrisa Lumumbi nomidagi Rossiya xalqlar do`stligi universiteti jamoalari qo`lga kiritdi.
Fiskal institut talabalari ingliz tilida bo`lib o`tgan xalqaro soliqqa tortish tanlovida ham munosib ishtirok etib, 2-o`rinni qo`lga kiritdi. G`oliblik esa Rossiya Federasiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetiga nasib etdi.






