AsosiySalomatlik
5671

Qovoq eng, xastalanmaysiz!

  • Qovoq tarkibidagi A vitamini ko`rish qobiliyatini yaxshilaydi. Agar sizda ko`z nurining xiralashishi, uzoqni yaxshi ko`ra olmaslik kabi muammolar paydo bo`lsa, qovoqni kanda qilmang.
  • Ortiqcha tana vazni bilan kurashayotganlar taomnomalariga qovoqdan tayyorlangan taom va eguliklarni kiritishlari darkor. Chunki ushbu poliz ekini hazm faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
  • Antioksidantlar hisobiga zararli xolesterinni haydab, ichaklardan tiqinlarni tozalaydi. Demakki, teri ko`rinishi bilan muammo bo`lmaydi.
  • Gipertoniya bilan og`rigan bemorlar uchun ham qovoq foydali sanaladi. Foydali xususiyatiga ko`ra arterial qon bosimini me`yorda ushlashda asqotadi.
  • Buyrak yallig`lanishi, xususan pielonefrit aniqlanganida qovoq iste`mol qilish tavsiya etiladi. Tarkibidagi birikmalar yallig`lanish o`choqlariga ijobiy ta`sir ko`rsatib, og`riqlarni engillashtiradi.
  • Temir va T vitaminiga mo`lligi bilan qovoq poliz ekinlari orasida chempion. Bolalardagi kamqonlik, kattalardagi qonning quyuqlashishida aynan qovoqdan tayyorlangan taomlar asqotadi.
  • Keksalik alomatlariga chap berishni istaysizmi? Qovoq bilan do`stlashing. Muntazam iste`mol qilinganida organizmdagi regenirasiya jarayoni yaxshilanib, suyaklar mustahkamlanadi. Uyqu tartibga keladi.
  • Yuzingizga tez-tez husnbuzar toshayotgan bo`lsa, nonushta qovoqdan tayyorlangan bo`tqa iste`mol qilishga odatlaning. Qovoqdagi foydali moddalar terini mayinlashtiradi, yog` bezlari faoliyatini normallashtiradi.

Boshqa yangiliklar