O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Tojikiston bilan fors-major holatlari yuzaga kelganda davlat aviasiyasining havo hududi va aerodromlaridan o`zaro foydalanishi to`g`risidagi hukumatlararo bitimni ratifikasiya qildi.
Hujjat 2021 yil 10 iyun kuni Dushanbe shahrida imzolangan. Unga ko`ra, har ikki tomon ham kutilmagan holatlar tufayli havo hududini qisqa muddatli kesib o`tish uchun ruxsat so`rashga haqli.
O`zbekiston Qonunchilik palatasi kelishuvni 2023 yil fevralida qabul qilgan, Senat may oyi boshida ma`qullagan.






