AsosiyJamiyat

Buxoroda davlat idoralari mansabdorlari subsidiya asosida uy olib berish evaziga pora olayotganida ushlandi

'Buxoroda davlat idoralari mansabdorlari subsidiya asosida uy olib berish evaziga pora olayotganida ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahrida subsidiya asosida uy olib berishni va`da qilgan bosh mutaxassis ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi B.O. Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi sho``ba mudiri R.J. bilan o`zaro til biriktirib, fuqaro Z.A.ga Buxoro shahridan subsidiya asosida uy olib berish evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga tushgan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar