AsosiyDunyo

SpaceX Saudiya Arabistonidan birinchi ayolni koinotga uchirdi(video)

'SpaceX  Saudiya Arabistonidan birinchi ayolni koinotga uchirdi(video)'ning rasmi

SpaceX  kompaniyasi 21 may kuni Ax-2 missiyasini XKSga olib chiqadigan Falcon 9 raketasini uchirdi. Ekipaj to`rt kishidan iborat: amerikalik astronavtlar Peggi Uitson (ekipaj komandiri) va Jon Shofner, shuningdek, saudiyalik Ali al-Karni va Rayan Barnavi.

34 yoshli Rayana Barnavi Saudiya Arabistonidan kosmosga sayohat qilgan birinchi ayol bo`ladi. U biotibbiyot mutaxassisi. Ax-2 missiyasida Barnavi ildiz hujayralari va ko`krak saratoni bilan bog`liq tadqiqotlarga e`tibor qaratadi.

Uchirish Floridadagi NASA kosmik markazidagi uchirish majmuasidan amalga oshirildi. Kosmik kema 22 may kuni ertalab soat 9:16 da (Moskva vaqti bilan 16:16) XKS bilan tutashishi rejalashtirilgan.

Ekipaj stansiyada bo`lish vaqtida inson fiziologiyasi, fizikasi va texnikasi kabi sohalarda 20 dan ortiq ilmiy va texnologik tajribalar o`tkazadi.

    Boshqa yangiliklar