AsosiyJamiyat

Maktablarda so`nggi qo`ng`iroq tadbirlari o`tkazilmaydimi? Vazirlik izoh berdi

'Maktablarda so`nggi qo`ng`iroq tadbirlari o`tkazilmaydimi? Vazirlik izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistondagi maktablarda so`nggi qo`ng`iroq tadbirlari ta`qiqlangani haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi holatga izoh berdi.

Vazirlikka ko`ra, O`zbekiston maktablarida so`nggi qo`ng`iroq kuni bilan bog`liq taqiqlar hech qanday asosga ega emas.

Avvalroq vazirlik tomonidan maktablarda “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlarini o`tkazish bo`yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqilgan edi.

Unga ko`ra:

  • umumiy o`rta ta`lim muassasalarida “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlari 2023-yil 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi;
  • tadbirga maktabdagi o`quvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o`quvchilari jalb etiladi;
  • mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yong`in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish va boshqa zarur choralarni ko`rish ta`minlanadi;

Shuningdek, tadbir davomida:

  • maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o`rnak bo`layotgan o`quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas`uliyatli ota-ona”, “A`lochi o`quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominasiyalari bo`yicha tashakkurnomalar beriladi;
  • 2022-2023-o`quv yili davomida namunali xulq va a`lo baholarga o`qib, eng yuqori reyting ko`rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlanadi;
  • faxriy o`qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, o`rnak bo`ladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi.
  • 2022-2023-o`quv yilini yakunlash va “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlarini o`tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:
  • “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini o`tkazishda, ta`lim muassasalarini yangi o`quv yiliga tayyorlash borasida o`quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag`larini yig`ish;
  • umumiy o`rta ta`lim muassasalari rahbarlari hamda o`qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg`alar taqdim etish, qo`shimcha turli tantanali tadbirlarni o`tkazish, engil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

"Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy o`quv yilini yakunlash va “So`nggi qo`ng`iroq” tadbirlarini o`tkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini so`rab qoladi",deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar