Turkiston viloyatidagi “Kazigurt” bojxona postida yuzlab yuk mashinalari kunlab navbat kutmoqda. Bu haqda Sputnik Qozog`iston xabar berdi.
Navbat juda sekin va faqat kunduzi yuryapti, deydi yuk tashuvchilar. Ularning so`zlariga ko`ra, ayrimlar chegaradan alohida to`lov evaziga o`tmoqda.
Mahalliy bojxona organida holatni “Kaplanbek” nazorat-o`tkazish punktining rekonstruksiya qilinishi bilan bog`lashmoqda.
Qozog`iston yuk mashinalarining kilometrlab navbatlari tufayli O`zbekiston bilan chegaradagi barcha nazorat-o`tkazish punktlarini tekshirishmoqchi.
"Kuni kecha Qozog`iston tomoni O`zbekiston davlat organlari bilan uchrashuv o`tkazdi", — deb xabar qildi Davlat daromadlari qo`mitasi.
Yuk mashinalari oqimini yuklangan “Kazigurt” nazorat punktidan boshqalarga yo`naltirishga qaror qilindi. Shuningdek, nazorat-o`tkazish punktlari kuchaytirilgan ish rejimiga o`tkazildi.
Vazirlik ma`lum qilishicha, may oyidan boshlab O`zbekistondan Qozog`istonga meva-sabzavot mahsulotlari importi oshgan.
Shu bilan birga, “Qoplonbek” posti rekonstruksiya qilish uchun yopilgan. Shu bois, qolgan uchta post ishlamoqda, bu esa kuniga 1000 ga yaqin yuk mashinasini o`tkazish imkonini beradi.






